logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Glasner «Tottenxem»ga piching qildi: «Eze «Arsenal»ni tanlab, to'g'ri qaror qabul qilgan»

 22 MAY, 2026, 10:54

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner Premer-liganing so'nggi turi doirasida «Arsenal»ga qarshi kechadigan bahs oldidan Eberechi Eze haqida fikr bildirdi. Yaqindagina «burgutlar»ning sobiq futbolchisi «kanonirlar» safida Angliya chempioniga aylandi.

Eslatib o'tamiz, hujumkor yarim himoyachi o'tgan yilning avgust oyida Mikel Arteta jamoasiga ko'chib o'tgan edi, ungacha esa u «Tottenxem»ga o'tishga juda yaqin kelgandi.

«Men «Arsenal»ni buyuk muvaffaqiyat — 22 yil deganda qo'lga kiritilgan ilk titul bilan tabriklashni istayman. Klub fantastik hajmdagi ishlarni bajardi. Shuningdek, boshqa klubni emas, aynan «Arsenal»ni tanlab, eng to'g'ri qarorni qabul qildi deb hisoblaganim — Ezeni ham alohida tabriklayman», — deya matbuot anjumanida bayonot berdi Glasner.

APL so'nggi turining barcha uchrashuvlari 24 may kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ