Dembele «PSJ»ning joriy mavsumdagi eng katta muvaffaqiyatsizligini aytdi
22 MAY, 2026, 10:54
«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele jamoaning joriy mavsumdagi eng katta muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi.
Yulduz futbolchi Frantsiya Kubogining 1/16 finalida «Parij» klubidan qabul qilingan kutilmagan mag'lubiyatni (0:1) alohida qayd etdi, boisi bu mag'lubiyat yanvar oyidayoq jamoani trebl qilish umididan mahrum etgan edi.
«Frantsiya Kubogidan bu qadar erta chiqib ketish juda alamli bo'lgandi. Bu joriy mavsumdagi eng og'riqli mag'lubiyatdir», — dedi Dembele RMC sport kanaliga bergan intervyusida.
Yaqindagina «PSJ» derbida yana «Parij» klubiga imkoniyatni boy berdi — bu safar mamlakat chempionati doirasida (1:2). Biroq, ushbu uchrashuv turnir jadvali nuqtai nazaridan hech qanday ahamiyatga ega emas edi, chunki o'sha paytga kelib poytaxt grandi albatta chempionlikni naqd qilib bo'lgandi. Kelasi shanba, 30 may kuni Frantsiya chempionlari EChL finalida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushishadi.
