logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Braziliyada Neymarning jarohati bo'yicha noxush xabar tarqaldi

 22 MAY, 2026, 10:48

Yulduz hujumchi Neymar Braziliya terma jamoasi ixtiyoriga jarohat bilan etib keldi. Bu haqda ESPN Brasil jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, 34 yoshli forvardning jarohati «Santos» klubi tibbiy shtabi vakillari bergan ma'lumotdan ko'ra jiddiyroq bo'lib chiqqan. Tez orada futbolchi milliy jamoa qarorgohida tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng vaziyatga to'liq oydinlik kiritiladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq «Santos» klubi Neymarning boldir mushaklarida muammo borligini ma'lum qilgan edi. Ushbu jarohat sababli hujumchi Braziliya terma jamoasining Panama va Misrga qarshi o'tkazadigan bo'lajak o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tusha olmaslik xavfi ostida turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ