logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yoshko Gvardiol «Manchester Siti»dan boshqa grand klub safiga o'tmoqchi

 22 MAY, 2026, 09:54

«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol klubini o'zgartirishga tayyor.

24 yoshli futbolchi Bundesligaga qaytishni istamoqda — uni «Bavariya»ga o'tish varianti juda o'ziga jalb qilmoqda, deya xabar bermoqda «Bayern & Germany» nashri «Bild» jurnalistlariga tayanib. Xorvatiyalik futbolchining atrofidagilar ham uni Myunxenga ko'chib o'tishga undamoqda.

«Bavariya» Gvardiolga qiziqish bildirmoqda, biroq uning narxi jiddiy muammo bo'lib qolmoqda: «shaharliklar» futbolchi uchun kamida 70 million evro talab qilishadi. Shu sababli, Germaniya chempionlari muzokaralarga kirishishdan oldin kimnidir sotishlariga to'g'ri keladi.

«Manchester Siti» esa Gvardiol bilan xayrlashishni unchalik xohlamayapti — unga allaqachon yangi shartnoma taklif qilingan.

Ma'lumot o'rnida, ham markazda, ham qanotda o'ynashga qodir bo'lgan ushbu universal himoyachi Angliyaga yo'l olishdan oldin «RB Leyptsig» sharafini himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ