"To'laqonli kuch". Konor Makgregor Xollouey bilan revansh haqida gapirdi
22 MAY, 2026, 09:48
Ikki vaznda UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Maks Xolloueyga qarshi bo'lajak revansh jangi haqida fikr bildirdi.Ushbu jang 12 iyul kuni UFC 329 doirasida Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
"So'nggi bir necha kun davomidagi mehr, qo'llab-quvvatlash va iliq munosabat uchun hammaga rahmat! Qiyin yig'in oldidan o'zimni kuchga to'la his qilyapman!
Atrofimdagi jamoadan juda minnatdorman. Murabbiylarim va sparring sheriklarim — barchamiz oldimizdagi chaqiriqqa to'liq etibor qaratganmiz. Bu bizning zalimiz uchun ajoyib davr!", — deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqlarda.
Manba: olamsport.com
