logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Joau Feliks Saudiya Arabistonida mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga ikki nafar nomzodni aytdi

 22 MAY, 2026, 09:30

«An-Nasr» hujumchisi Joau Feliks qo'lga kiritilgan chempionlikdan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

26 yoshli futbolchi Ar-Riyod jamoasining so'nggi turda «Damak» ustidan qozongan g'alabasiga (4:1) bitta golli uzatma amalga oshirgan holda o'z hissasini qo'shdi. Ushbu g'alabadan keyin «An-Nasr» o'z yaqin ta'qibchisi «Al-Hilol»ni ikki ochkoga ortda qoldirib, chempionlik unvonini rasmiylashtirdi.

Uchrashuv yakunlanganidan so'ng, jurnalistlar Feliksdan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovriniga kim loyiqligi haqida so'rashdi.

«Bu mavsumda ko'plab futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi, biroq menimcha, bu sovrin bizning jamoa a'zolaridan biriga berilishi kerak, chunki biz chempion bo'ldik. Men eng asosiy nomzodlar sifatida o'zimni va Krishtianuni ko'rsatgan bo'lardim», — deya «Al Nassr Zone» Feliksning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Krishtianu Ronaldu 28 ta gol bilan chempionat to'purarlari poygasida uchinchi o'rinni egalladi. Joau Feliks esa 20 ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida beshinchi bo'ldi, shuningdek, 13 ta golli uzatma bilan mavsumning eng yaxshi assistentiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ