logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xulian Alvares «Atletiko»ni faqat bitta klub uchun tark etishga tayyor

 22 MAY, 2026, 08:54

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares faoliyatini davom ettirish uchun o'ziga ma'qul bo'lgan variantni tanladi. Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, argentinalik futbolchi «matraschilar» safini faqat «Barselona»dan taklif tushgan taqdirdagina tark etishga tayyor.

26 yoshli hujumchi Ispaniyada qolishni istamoqda va «ko'k-anorranglilar» allaqachon ushbu qimmatbaho transferni qanday amalga oshirish haqida bosh qotirishmoqda.

Alvaresning «Transfermarkt» portalidagi taxminiy transfer bahosi 90 million evroni tashkil etadi, uning amaldagi shartnomasi esa 2030 yilgacha mo'ljallangan. Tarqalgan ko'plab mish-mishlarga ko'ra, forvardni o'z safiga qo'shib olishni Londonning «Arsenal» va Frantsiyaning «PSJ» klublari ham xohlashmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ