Neymarning jarohati “Santos” ma'lumot berganidan jiddiyroq bo'lishi mumkin
22 MAY, 2026, 05:42
Neymarning jarohati dastlab aytilganidan ko'ra jiddiyroq bo'lishi mumkin. Bu haqda ESPN manbasiga tayanib xabar tarqatildi.
Ma'lum qilinishicha, Braziliya futbol konfederatsiyasida hujumchining holati bo'yicha “Santos” klubi taqdim etgan ma'lumotlardan qoniqish hosil qilmagan. Manbaga ko'ra, futbolchida faqat engil shish emas, balki tiklanish jarayoni uzoqroq davom etishi mumkin bo'lgan muammo mavjud.
Shu sababli, 34 yoshli forvardning JCh-2026 oldidan Panama (31 may) va Misr (5 iyun) terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi ehtimoli juda past baholanmoqda.
Shuningdek, Karlo Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi Neymarning jismoniy holati unga Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turida Marokashga qarshi 14 iyun kuni bo'lib o'tadigan bahsda maydonga tushish imkonini beradimi-yo'qmi, shu masalani muhokama qiladi.
