logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Enrike nima uchun Xosep Gvardiolani jahondagi eng yaxshi murabbiy deb hisoblashini tushuntirdi

 21 MAY, 2026, 23:24

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike "Manchester Siti" boshqarayotgan Xosep Gvardiolani murabbiy sifatida jahon futboliga ta'siri haqida fikr bildirdi.

«Xosep Gvardiolani yana ko'p yillar yuqori darajada ko'rishni istardim, chunki u namuna bo'la oladigan murabbiy. Men uchun u barcha davrlarning eng yaxshi murabbiyi. Bu sovrinlar soni uchun emas, balki u qanday g'oyalarni joriy qilgani, ularni qanday amalga oshirgani, o'yinni qanday o'zgartirgani, markaziy himoyachilarni yoki qanot himoyachilarni yarim himoyaga siljitishga jur'at qilgani uchun.

Bir kuni Gvardiola markaziy himoyachilarini yana ham oldinga chiqaradi va barcha unga taqlid qiladi. Bunday qobiliyatga ega insonlar juda kam. Faqat tanlanganlar va bu borada u birinchi raqam», — dedi Luis Enrike Movistarga bergan intervyusida.

Xosep Gvardiola va Luis Enrike futbol tarixida ikki xil klub bilan trebl yutgan yagona murabbiylar hisoblanadi. Gvardiola bu natijani "Barselona" va "Manchester Siti" bilan, Luis Enrike esa "Barselona" va "PSJ" bilan qayd etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ