Ispaniyalik hakamlar «Real» rahbari va klub televideniesi ustidan shikoyat kiritishdi
21 MAY, 2026, 23:06
Ispaniya futbol hakamlari assotsiatsiyasi — AESAF "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres hamda “qaymoqranglilar” klubi televideniesi ustidan Zo'ravonlikka qarshi kurash komissiyasiga shikoyat kiritdi. Avvalroq “Qirollik klubi” rahbari Ispaniya hakamligida korruptsiya mavjudligini aytgan edi.
«Shikoyatlar janob Peres va "Real Madrid" televideniesiga qarshi AESAF tomonidan ispan hakamlarining sha'ni va halolligini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan institutsional faoliyat doirasida kiritildi.
Assotsiatsiya fikricha, ayrim ommaviy bayonotlarning takrorlanishi, shuningdek, klub tomonidan hakamlar korpusini muntazam ravishda shubha ostiga qo'yadigan yoki uni obro'sizlantiradigan kontent tarqatilishi hakamlarga bo'lgan hurmatning kamayishiga olib kelmoqda.
Bu esa sport musobaqalarining to'g'ri o'tishi uchun zarur hisoblanadi, hurmatning yo'qolishi esa hakamlarga nisbatan taranglik, dushmanlik yoki zo'ravonlik kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin», — deyiladi AS nashri keltirgan bayonotda.
