logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bernadu Silva nega jamoadan ketmoqchiligini aytdi

 21 MAY, 2026, 20:48

Bernardu Silva mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etishiga izoh berdi.

«Bizning avlodimiz etarlicha g'alabalarga erishdi deb hisoblayman. Shuningdek, yosh yigitlar uchun ham o'z shon-shuhrat damlarini yashash vaqti keldi deb o'ylayman. Shaxsan o'zim uchun esa bu oilamga biroz yaqinroq bo'lish imkoniyatidir», — dedi Silva «shaharliklar» matbuot xizmatiga.

Eslatib o'tamiz, Silva «Siti»da faoliyatining uzoq to'qqiz yilini o'tkazdi. U «Monako»dan transfer qilinganidan so'ng «shaharliklar» safiga kelib qo'shilgan edi. Hozirda hujumkor futbolchi 31 yoshda, u «Benfika» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Silvaning klubdagi so'nggi mavsumida «Siti» Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo'lga kiritdi. Umumiy hisobda Bernardu Manchester klubi bilan olti marta Angliya chempioni bo'ldi va bir bor UEFA Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ