«Liverpul» Arne Slotni iste'foga chiqaradi
21 MAY, 2026, 19:24
«Liverpul» rahbariyati Arne Slotni bosh murabbiylik lavozimidan bo'shatishga qaror qildi. Bu haqda Football365 nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «qizillar» rahbariyati APLning so'nggi turidan keyin gollandiyalik mutaxassis bilan xayrlashadi. Jamoaning etakchi futbolchilari ham murabbiyning klubdan ketishi tarafdori ekanliklarini bildirishgan.
Arne Slot 2024 yilning yozida «Liverpul» boshqaruvini qo'lga olgan edi. Uning qo'l ostida jamoa 2024/25 yilgi mavsumda APL chempioniga aylangandi.
