Humoyun Sultonov Avstriyada yarim finalga chiqdi
21 MAY, 2026, 19:16
Klagenfurt shahrida (Avstriya) tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etib bormoqda.Xabar berganimizdek, musobaqada mamlakatimizning sobiq birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ham ishtirok etyapti.
U bugun turnir chorak finali doirasida Kelvin Myullerga qarshi kortga chiqdi. Bahsda Humoyun 2:0 (6/3, 7/5) hisobida zafar quchdi.
Endi Sultonovga M15 turniri yarim finalida CHexiya vakili, 31 yoshli Dominik Rechek raqiblik qiladi.
Taqqoslash uchun, Sultonov ayni paytda ATP reytingida 806, Rechek esa 1002-o'rinni egallab turibdi.
Manba: olamsport.com
