logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Portu» 41 yoshli Tyago Silvaning jamoadan ketganini rasman e'lon qildi

 21 MAY, 2026, 18:00

Braziliyalik himoyachi Tyago Silva rasman «Portu»ni tark etdi. 41 yoshli futbolchining ketgani haqida Portugaliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

«Ajdarholar» bayonotida faxriy futbolchining shartnomasi o'z nihoyasiga etgani va o'yinchi jamoadagi faoliyatining ikkinchi bosqichini yakunlagani qayd etildi. Silva ilk bor «Portu» tizimiga 2004 yilda kelgan va o'shanda klubning zaxira jamoasida to'p surgan edi. Ikkinchi tashrifi davomida esa himoyachi jamoaga Portugaliya chempioni bo'lishda yordam berdi.

Yakunlangan mavsumda futbolchi «Portu» tarkibida 14 ta o'yinda maydonga tushdi. Avvalroq himoyachi «PSJ», «Chelsi», «Milan» va bir qator boshqa jamoalar sharafini ham himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ