logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius uchun mavsum tugadi

 21 MAY, 2026, 18:00

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior mavsumning so'nggi o'yinini o'tkazib yuboradi. Bu haqda okdiario nashri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Vinisius Ispaniya chempionati 37-turi doirasidagi «Sevilya»ga qarshi o'yinda (1:0) noqulaylik his qilgani sababli bahsni oxirigacha etkaza olmagan edi. Biroq futbolchining o'zi jiddiy muammo yo'qligini ta'kidlagan.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Real» rahbariyati Vinisiusga Jahon chempionati oldidan qo'shimcha dam olishi uchun La Liganing so'nggi turida ishtirok etmaslikka ruxsat bergan.

Joriy mavsumda Vinisius barcha turnirlarni hisobga olganda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ