logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

13 yoshli Faustino Oro: "Men Sindarov g'alaba qozonishiga ishonaman!"

 21 MAY, 2026, 18:00

Yaqindagina dunyoning eng yosh grossmeysteri bo'lgan Faustino Oro Javohir Sindarov va Gukesh Dommaradju o'rtasida jahon chempionligi uchun bo'lib o'tadigan match haqida fikr bildirdi.

"Ayni damda menga Sindarov yaxshiroq o'ynayotgandek tuyulmoqda. Gukesh, albatta, juda kuchli o'yinchi, lekin 2025-2026 yillarda jahon chempionligini qo'lga kiritgandan so'ng uning o'yini biroz pasaydi. U reytingda ko'p ochko yo'qotdi va hozir barqaror o'yin ko'rsatmayapti. 

Masalan, Grand Swiss turnirida u ketma-ket uchta partiyada mag'lub bo'ldi. Lekin biz uning qanchalik kuchli o'yin ko'rsata olishini yaxshi bilamiz. Sindarov esa "Nomzodlar" turnirini 10 ochko bilan yutdi va hozir juda-juda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda". 


SHu bilan birga, Oro Ding Lirenning so'nggi chempionlik matchidagi holatini ham eslatib o'tdi: 

"Dinga kelsak... biz undan hech narsa kutmagan edik, chunki u ham yaxshi formada emasdi. Lekin Gukeshga qarshi birinchi partiyani yutib, deyarli butun matchni o'z foydasiga hal qila yozgan edi. SHuning uchun avvaldan aniq aytib bo'lmaydi. Ammo hozircha men Sindarov g'alaba qozonishiga ishonaman".



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ