logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Entso Fernandes «Manchester Siti»ga o'tmoqchi

 21 MAY, 2026, 16:00

«Chelsi»ning argentinalik yarim himoyachisi Entso Fernandes, agar «ko'klar»ning sobiq ustozi Entso Mareska jamoa boshqaruvini qo'lga olsa, «Manchester Siti»ga o'tishga tayyor. Bu haqda ESPN Argentina xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Fernandes «Manchester Siti»da sobiq murabbiyi bilan qayta birlashish imkoniyati paydo bo'lsa, buni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Shu bilan birga, agar Mareska «shaharliklar» lageriga kelsa, yarim himoyachi uning asosiy transfer maqsadiga aylanishi ta'kidlanmoqda.

Avvalroq Mareska «Manchester Siti» bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U Xosep Gvardiola ketganidan keyin jamoaning keyingi murabbiyi bo'lishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda 25 yoshli Fernandes barcha turnirlarda 53 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va ettita golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ