logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted» yarim himoyachi transferi bo'yicha «Bornmut» bilan muzokaralar o'tkazdi

 21 MAY, 2026, 15:30

 «Bornmut» markaziy yarim himoyachisi Aleks Skott faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» 22 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda va allaqachon «Bornmut» bilan ehtimoliy transfer summasi bo'yicha muzokaralar o'tkazishgan. Biroq, bu boradagi tafsilotlar hozircha oshkor qilinmayapti.

Joriy mavsumda Skott barcha turnirlarni hisobga olgan holda 39 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini to'rt bor ishg'ol qildi va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Skottning «Bornmut» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining qiymatini 40 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ