logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mourino «Real»ga ikki nafar himoyachini sotib olmoqchi

 21 MAY, 2026, 15:24

Joze Mourino «Real»ga kelganidan so'ng mudofaa chizig'ini kuchaytirishni istamoqda. Jurnalist Migel Serrano bergan ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonining transferini talab qilmoqda.

Italiyalik futbolchi Mourino uchun birinchi raqamli tanlov hisoblanadi. Bundan tashqari, Italiya terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi sababli, Bastoni portugaliyalik murabbiy qo'l ostida mashg'ulotlarni barvaqt boshlashi mumkin bo'ladi.

Shuningdek, Mourino «Real Sosedad» himoyachisi Xon Martinni ham «Real»da ko'rishni xohlayapti, biroq bu ikkala futbolchining bir vaqtda transfer qilinishi ehtimoli past deb baholanmoqda.

Joriy mavsumda Xon Martin «Real Sosedad» safida barcha turnirlarda 32 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi. Alessandro Bastoni esa «Inter» uchun 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ