logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Messining klubi Jahon chempionati boshlanguncha Kazemiro transferini yakunlamoqchi

 21 MAY, 2026, 15:18

«Manchester Yunayted»ning braziliyalik yarim himoyachisi Kazemiro yaqin orada «Inter Mayami» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotga ko'ra, «Inter Mayami» Kazemiro bo'yicha kelishuvni 2026 yilgi Jahon chempionati boshlangunga qadar yakunlash borasida optimistik kayfiyatda. Braziliyalik futbolchining o'zi ham bunday qadam tashlashga tayyor.

Kazemiro 2022 yildan beri «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 34 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda 35 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kazemironing «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati shu yilning 11 iyun kuni start oladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ