logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Erik Garsiya Flikning «Barsa»dagi muvaffaqiyat siri nimada ekanligini aytdi

 21 MAY, 2026, 13:30

«Barselona» futbolchisi Erik Garsiya Xans-Diter Flikning kataloniyaliklar murabbiylik postidagi faoliyatiga baho berdi. U germaniyalik mutaxassis futbolchilar uchun xuddi otadek bo'lib qolganini ma'lum qildi.

Garsiya Flikning halolligi va rostgo'yligini alohida ta'kidlab o'tdi. Murabbiy o'z tuyg'ularini yashirmaydi va futbolchilarga hamma gapni ro'y-rost aytadi.

«Bu gap avval ham aytilgan, ammo bu haqiqat: Flik biz uchun xuddi otadek. Yaxshi kunda ham, yomon kunda ham u hamisha sodiq va halol. Agar u sizga baqirishi kerak bo'lsa, buni yuzingizga tik qarab amalga oshiradi va vaziyatni boricha aytadi — bu sizga yoqadimi yoki yo'qmi, farqi yo'q. Jamoada bu juda muhim omil va u bunday vaziyatlarni juda yaxshi boshqara oladi», — dedi Garsiya.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina Flik «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirdi. Yangi kelishuv 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ