Xabi Alonso: «Chelsi» — bu ajoyib loyiha va men uchun juda yaxshi variant»
21 MAY, 2026, 13:24
«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso London klubiga tayinlangani haqida gapirdi.
— «Chelsi»ga o'tishingiz qanday yuz berdi? Bu haqda biroz so'zlab bersangiz. Gap faqat moddiy taklifdamidi? Yoki jamoaning kelasi mavsumda evrokuboklarda o'ynamasligi sizga ma'qul keldimi?
— Yo'q, men bu variant uchun hamisha ochiq edim. Bu ajoyib loyiha. «Chelsi» — bu juda zo'r loyiha va juda yaxshi variant, — dedi Xabi Alonso «El Chiringuito TV» telekanaliga bergan intervyusida.
Shuningdek, mutaxassisga boshqa klublar Joao Pedro, Entso Fernandes va Mark Kukurelya kabi futbolchilarga qiziqish bildirayotgani haqida ham savol berildi.
«Biz kuchli jamoa shakllantiramiz», — deya javob qaytardi Alonso.
