logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kazemiro «Manchester Yunayted» safida boshqa maydonga tushmaydi

 21 MAY, 2026, 13:12

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro Premer-liganing so'nggi turidan o'rin olgan «Brayton»ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Braziliyalik futbolchi mavsumning so'nggi uy uchrashuvi bo'lgan «Nottingem Forest»ga qarshi bahsda «Old Trafford» muxlislari bilan xayrlashib ulgurdi.

Geglobo nashrining xabariga ko'ra, aynan o'sha o'yin xavbek uchun umuman «qizil iblislar» safidagi oxirgisi bo'lib qoladi — u «Brayton» bilan uchrashuvda maydonga tushmaydi.

Mankunianliklarning «chaykalar»ga qarshi o'yini yakshanba kuni, 24 mayda bo'lib o'tadi. Maykl Kerrik jamoasi turnir jadvalida uchinchi o'rinni naqd qilib bo'lgan va kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o'ynashi kafolatlangan. Kazemiro «Manchester Yunayted»ni erkin agent maqomida tark etadi — uning amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ