logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«MYu» va «Liverpul» Gleyson Bremer transferi uchun kurashmoqda

 21 MAY, 2026, 12:42

«Yuventus» markaziy himoyachisi Gleyson Bremerning nomi yana Angliyaga ko'chib o'tish bilan bog'lanmoqda.

29 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda Transfer News Live nashri La Gazzetta dello Sportga tayanib.

Agar «byankoneri» joriy mavsum yakunlariga ko'ra Chempionlar ligasi yo'llanmasidan mahrum bo'lsa, braziliyalik himoyachi jamoadan ketish imkoniyatini jiddiy ravishda ko'rib chiqishi mumkin.

Luchano Spalletti qo'l ostidagi jamoa A Seriyaning so'nggi turi oldidan turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Gleyson Bremerning Transfermarkt saytidagi transfer bahosi 35 million evroni tashkil etadi. Markaziy himoyachining «keksa sinora» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ