logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

JCh-2026 qaydnomasiga kiritilgan Neymar jarohat oldi

 21 MAY, 2026, 12:24

Braziliyaning «Santos» klubi yulduzli hujumchisi Neymar boldir mushagidan jarohat oldi. Bu haqda jamoa tibbiy shtabi vakili Rodrigo Zogayb ma'lum qildi.

«Unda engil shikastlanish bor, shish paydo bo'lgan. Agar tiklanish jarayoni rejadagidek ketsa, u keyingi haftada terma jamoa ixtiyoriga yo'l oladi», — deya Zogaybning so'zlarini keltiradi «GE» nashri.

Avvalroq, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni bo'lajak JCh-2026 uchun «selesao»ning yakuniy qaydnomasiga kiritgani ma'lum bo'lgan edi.

Jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya jamoasi Shotlandiya, Marokash va Gaiti terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ