logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Hakimiy sobiq jamoasining muvaffaqiyatlariga munosabat bildirdi

 21 MAY, 2026, 12:18

«PSJ» o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy o'zining sobiq klubi — Milanning «Inter» jamosasi erishayotgan muvaffaqiyatlar haqida gapirdi.

«Neradzurrilar» o'tgan yilning yozida Simone Indzagining o'rnini egallagan Kristian Kivu qo'l ostidagi debyut mavsumidayoq A Seriya va Italiya Kubogi g'olibiga aylandi.

«Men «Inter»ga muxlislik qilaman, shu sababli jamoaning A Seriya va Italiya Kubogida zafar quchganidan juda xursandman. Umid qilamanki, ular shu ruhda davom etishadi va tez orada biz yana ko'rishamiz», — deya «Sky Sport» bilan suhbatda ta'kidladi marokashlik futbolchi.

Ashraf Hakimiy 2020 yildan 2021 yilgacha «Inter» sharafini himoya qilgan, shundan so'ng 68 million evro evaziga «PSJ»ga ko'chib o'tgan edi. Eslatib o'tamiz, 30 may kuni Luis Enrike jamoasi Chempionlar ligasi finalida «Arsenal» bilan to'qnashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ