logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Frenki de Yong nima uchun Reshfordning «Barselona»da qolishini istayotganini aytdi

 21 MAY, 2026, 12:18

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong Markus Reshfordning klubda qolish imkoniyatlari haqida gapirdi. Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Reshford «Barselona» safida ijara asosida to'p surmoqda. Uning transfer huquqi «Manchester Yunayted» klubiga tegishli.

«Reshford jamoada qolish huquqini munosib ravishda qo'lga kiritdi. U gollar urdi, golli uzatmalarni amalga oshirdi, o'yinimizga rang-baranglik va tezlik olib kirdi. Agar u tarkibda qolsa, men juda xursand bo'laman. Reshford katta shov-shuvlar ostida kelgandi. Uning jamoada qolishni istayotgani dastlabki daqiqalardanyoq ko'rinib turgan edi», — deya de Yongning so'zlarini keltirmoqda «Barça Universal» nashri.

Joriy mavsumda 28 yoshli Reshford barcha turnirlarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ