logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Islam bilan jangga ishora qilgan Kamaru Usman bugungi sport formasini ko'rsatdi + FOTO

 21 MAY, 2026, 10:32

Yarim o'rta vazn (77 kg.gacha) toifasida sobiq UFC chempioni Kamaru Usman keyingi jangi uchun sport formasini ushlab turish maqsadida mashg'ulotlarga zo'r bermoqda.

Nigeriyalik aralash yakkakurash ustasi Islam Maxachev bilan jang o'tkazish istagida ekanini aytgandi.  

"Ikkinchi nafas ochilishga yaqin...", - deb yozdi Usman ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida mashg'ulotlardan olingan suratlarni elon qilib.

Malumot uchun, 39 yoshli Kamaru Usman professional aralash jangchi sifatida 2012 yilda debyut qilgan. 2015 yildan beri UFC`da ishtirok etib kelmoqda. 2019 yilda yarim o'rta vazn toifasida chempion bo'ldi, shundan so'ng u beshta muvaffaqiyatli himoyani amalga oshirdi. Uning hisobida dunyoning eng nufuzli tashkilotida jami 16 ta g'alaba va uchta mag'lubiyat bor.





Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ