«Manchester Siti» ikki yil avval sotib olingan Savinoni sotishga qaror qildi
21 MAY, 2026, 09:24
"Manchester Siti" vinger Savino transferi bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyor. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli braziliyalik endi jamoa uchun muhim futbolchi sifatida qaralmayapti va klub uni 50-60 million evro atrofidagi mablag'ga sotishga tayyor.
Savino 2024 yil yozida "Trua"dan “Manchester Siti”ga 25 million evro evaziga o'tgan edi. Hozirda Transfermarkt uning transfer qiymatini 40 million evro deb baholamoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Savino “Siti” safida barcha turnirlarda 35 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.
Futbolchi faoliyati davomida shuningdek "Atletiko Mineyro", PSV va "Jirona" jamoalarida ham to'p tepgan.
