logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Evropa ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

 21 MAY, 2026, 09:18

Argentinalik yarim himoyachi Emiliano Buendiya UEFA Evropa ligasi 2025/2026 finalidagi “Aston Villa” — “Frayburg” (3:0) bahsida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etildi.

Finalda “Aston Villa” 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Yuri Tilemans, Emiliano Buendiya va Morgan Rodjers mualliflik qildi.

“U ajoyib o'yin o'tkazdi. Maydon chiziqlari orasida juda yaxshi harakat qildi, butun uchrashuv davomida sifatli uzatmalar berdi va hujumlarda yuqori intensivlik ta'minladi. Shuningdek, chiroyli gol va assist ham qayd etdi”, — deyiladi UEFA texnik kuzatuvchilari xulosasida.

Buendiya Evropa ligasi-2025/26 mavsumida jami 15 ta o'yinda qatnashib, 4 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.

“Aston Villa” ushbu g'alaba orqali klub tarixida ilk bor UEFA Evropa ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritdi va musobaqada zafar quchgan oltinchi ingliz jamoasiga aylandi.

Jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri esa faoliyatida beshinchi marta Evropa ligasida g'olib chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ