logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yo'q, yo'q, yo'q…»: Xabi Alonso «Real» haqida gapirishni istamadi

 21 MAY, 2026, 09:12

«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso madridlik «Real»dagi vaziyat haqida berilgan savolga javob qaytardi. Alonsoning so'nggi ish joyi aynan «Qirollik klubi» bo'lib, u jamoani 2025 yilning yozidan 2026 yilning yanvar oyiga qadar boshqargan edi.

«Madridning «Real» klubi? Yo'q, yo'q, yo'q… Men hech narsa deya olmayman», — deya Alonsoning so'zlarini keltirmoqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano o'zining «X» (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, «Chelsi» yakshanba kuni, 17 mayda Alonsoning tayinlanganini e'lon qilgan edi. Ispaniyalik mutaxassis o'z vazifasini bajarishga 1 iyuldan kirishadi. Alonso bilan shartnoma to'rt yilga mo'ljallangan. «Ko'klar» bayonotida 44 yoshli mutaxassis jamoada menedjer rolini bajarishi, bu esa oddiy murabbiylik lavozimiga qaraganda kengroq vakolatlarni nazarda tutishi alohida ta'kidlangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ