«Manchester Siti» vingerini 50-60 million evro evaziga sotishga tayyor
21 MAY, 2026, 08:06
«Manchester Siti» futbolchisi Savio yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Angliya grandi rahbariyati doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan braziliyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
The Touchline nashrining ESPN portaliga tayanib xabar berishicha, agar 22 yoshli vinger uchun 50-60 million evro miqdorida taklif tushsa, «shaharliklar» uni qo'yib yuborishadi. O'tgan yili «Tottenxem» Savioni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rgan edi, biroq o'shanda «Manchester Siti» uni sotishni rad etgandi.
Transfermarkt portali tomonidan 40 million evroga baholangan futbolchi joriy mavsumda Xosep Gvardiola jamoasi safida barcha turnirlarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
