Fabritsio Romano: Rodri «Real»ga o'tishni xohlamoqda, ammo transferda muammo bor
21 MAY, 2026, 08:06
Nufuzli insayder Fabritsio Romano yarim himoyachi Rodrining «Real» bilan bog'lanayotgani haqidagi mish-mishlar bo'yicha ma'lumot berdi. Romanoning xabar qilishicha, 29 yoshli Rodri «Real Madrid»ga o'tishni istaydi. Futbolchi Madridga ko'chib o'tishga tayyor, biroq bu erda bir muammo bor — Madrid klubi yarim himoyachining transferi uchun ko'p pul sarflashni xohlamayapti.
Bunga Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtasiga qadar mo'ljallangani sabab bo'lmoqda. Ya'ni, agar u shartnomasini uzaytirmasa, bir yildan keyin Rodrini erkin agent sifatida tekinga qo'lga kiritish imkoniyati tug'iladi.
Transfermarkt portali Rodrini 65 million evroga baholamoqda. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi 2024 yilda «Oltin to'p» sovrinini qo'lga kiritgan edi.
