«Nyukasl» hujumchisidan keyingi mavsumda ko'p narsa kutmoqda
21 MAY, 2026, 08:00
«Nyukasl» hujumchi Nik Voltemade bilan xayrlashish niyatida emas.
Klub 24 yoshli forvardni jamoada saqlab qolmoqchi, chunki u ingliz futboli talablarini to'liq tushunib etdi va keyingi mavsumda yanada samaraliroq harakat qiladi deb hisoblamoqda.
Murabbiylar shtabi germaniyalik futbolchining mashg'ulotlardagi mehnatidan hayratda va uning hujumchi ortidagi (pleymeyker) pozitsiyasida muvaffaqiyat qozona olishiga tobora ko'proq ishonch hosil qilmoqda.
Joriy mavsumda Voltemade APL doirasidagi 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, «Nyukasl» Voltemadeni 2025 yilning yozida «Shtutgart» klubidan o'zi uchun rekord darajadagi 85+5 million evro evaziga sotib olgan edi.
