logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Unai Emeri: «Maqsadimiz — «Manchester Siti» va «Arsenal» darajasiga yaqinlashish»

 21 MAY, 2026, 07:36

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa ligasi finalida «Frayburg» ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng, jamoaning galdagi vazifalari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Keyingi mavsumda biz Chempionlar ligasida o'ynaymiz — bu katta chaqiruv. APL — dunyodagi eng qiyin liga. Kuchli ettilik, beshlik yoki to'rtlikdan joy olish uchun kurashish juda murakkab. Umid qilamanki, biz «Manchester Siti» va «Arsenal» kabi jamoalarga yaqin bo'la olamiz. «Kanonirlar»ni qo'lga kiritilgan titul bilan tabriklayman!

APL biz uchun ulkan sinovdir. Nima uchun? Biz dastlab kuchli ettilikdan joy olishga da'vogar emasdik. U erda eng kuchli oltita jamoa bor, «Nyukasl» esa ettinchi. Biz esa o'sha erga kirishga harakat qilyapmiz. Stabil bo'lishga intilyapmiz va bunga erishyapmiz ham. Vazifamiz — mana shu darajada saqlanib qolish. O'sha erga chiqib olsak, evrokuboklarga yo'l olamiz.

Ushbu kubokni qo'lga kiritib, biz qimmatli tajriba to'pladik. Bu tajriba futbolchilar uchun juda muhim. Chunki keyingi mavsumda biz sovrinlar uchun kurasha olamiz. O'tgan mavsumda Angliya kubogi va Chempionlar ligasining yarim final hamda chorak finallarida mag'lub bo'lgan edik — bu ham bir tajriba.

Evropa ligasi finalida men g'alaba qozonishga ham, mag'lub bo'lishga ham tayyor edim. Bu biz uchun katta maktab bo'ldi. Albatta, g'alaba qozonish ancha yaxshi», — dedi Unai Emeri.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ