logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Daniel Karvaxal «Real» bilan xayrlashuv kechasi uyushtirdi, ammo Arbeloani taklif qilmadi

 21 MAY, 2026, 07:30

«Real» himoyachisi Daniel Karvaxal jamoa bilan xayrlashish maqsadida maxsus tadbir tashkillashtirdi.

18 may kuni Madrid klubi 34 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin tarkibni tark etishini e'lon qilgan edi.

Jurnalist Mario Kortegananing xabar berishicha, bugun Karvaxal jamoadoshlarini va «Real»ning bir qator xodimlarini xayrlashuv kechki taomiga taklif qilgan. Biroq u bosh murabbiy Alvaro Arbeloani ushbu tadbirga chaqirmagan.

Avvalroq OAVda Daniel va Alvaro o'rtasidagi munosabatlar sovuqlashgani va keskin tus olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ