logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mauritsio Sarri «Napoli»dan rasmiy taklif oldi

 21 MAY, 2026, 07:24

«Napoli» Mauritsio Sarriga bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.

Neapol klubi murabbiyga bonuslardan tashqari yiliga taxminan 3,5 million evro miqdorida maosh bermoqchi. Sarri 2015 yildan 2018 yilgacha boshqargan jamoasiga qaytishga tayyor.

Bunga qadar murabbiy «Latsio» bilan amaldagi kelishuvni bekor qilish va klubdan ketish borasida kelishib olishi kerak bo'ladi.

Avvalroq Antonio Konte joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Napoli» bosh murabbiyligidan ketishi haqida xabar berilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ