logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kazemiro APLning so'nggi turidan keyin yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi

 21 MAY, 2026, 06:48

Yarim himoyachi Kazemiro «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng «Inter Mayami»ga o'tmoqchi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 34 yoshli braziliyalik futbolchi APLning so'nggi — 38-turidan o'rin olgan «Brayton»ga qarshi o'yindan keyin Amerika klubi bilan shartnoma imzolash niyatida. Ushbu uchrashuv 24 may kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Kazemiro Manchester klubi sharafini 2022 yildan beri himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi bitimi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer bahosini 8 million evroga baholamoqda.

Kazemiro faoliyati davomida avvalroq «Real», «Portu» va «San-Paulu» klublarida ham to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ