logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Federiko Valverde Tchuameni bilan mushtlashuvdan so'ng «Real» mashg'ulotlariga qaytdi

 21 MAY, 2026, 06:12

Federiko Valverde boshidan olgan jarohatidan so'ng «Real» bilan mashg'ulotlarga kirishdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Madrid klubi yarim himoyachisi 7 may kungi mashg'ulotda Orelen Tchuameni bilan mushtlashib ketgani va buning natijasida urugvaylik futbolchi shifoxonaga yuborilgani haqida xabar berilgan edi — unda bosh miya shikastlanishi aniqlanib, chok qo'yish talab etilgandi. Jamoadoshlar o'rtasidagi nizo bundan bir kun avvalroq boshlangan edi.

Klub har ikki futbolchini 500 ming evrodan jarimaga tortdi.

Chorshanba kuni Valverde ushbu voqeadan keyin ilk bor jamoa bilan to'liq mashg'ulot o'tkazdi. U butunlay sog'ayib ketdi va La Liganing 38-turidan o'rin olgan, 23 may kuni bo'lib o'tadigan «Atletik»ka qarshi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ