logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» rahbariyati Mikel Arteta borasida yakuniy qarorga kelib bo'lgan

 21 MAY, 2026, 06:06

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta, katta ehtimol bilan, shu yilning o'zida klub bilan yangi shartnoma imzolaydi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, klub rahbariyati yangi bitim borasidagi qarorni hali fevral oyidayoq qabul qilib bo'lgan. 44 yoshli mutaxassisga maoshi oshirilgan holdagi yangi shartnoma taklif etiladi. Muzokaralar «PSJ»ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi finalidan so'ng boshlanadi.

Artetaning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U jamoani 2019 yildan beri boshqarib kelmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda «Arsenal» Angliya chempioniga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi finali 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ