Unai Emeri evrokuboklarda beshta titulga ega bo'lgan tarixdagi to'rtinchi murabbiyga aylandi
21 MAY, 2026, 05:54
«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Evropa ligasi finalida «Frayburg» ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng, o'z faoliyatida besh marta evrokubok turnirlarida g'olib chiqqan tarixdagi to'rtinchi mutaxassisga aylandi.
Bundan avval u «Sevilya» bilan uch marta (2014, 2015, 2016 yillar) va «Vilyarreal» bilan bir marta (2021 yil) Evropa ligasida zafar quchgan edi.
Shuningdek, evrokuboklarda beshta g'alabaga ega bo'lgan murabbiylar sirasiga qudagilar kiradi: Karlo Anchelotti (Chempionlar ligasida ikki marta «Milan» va uch marta «Real» bilan), Joze Mourino (Chempionlar ligasida ikki marta — «Portu» va «Inter» bilan, UEFA Kubogida «Portu» bilan, Evropa ligasida «Manchester Yunayted» va Konferentsiyalar ligasida «Roma» bilan) hamda Djovanni Trapattoni (UEFA Kubogida ikki marta «Yuventus», bir marta «Inter» bilan, shuningdek, Kubok egalari kubogida ikki marta «Yuventus» bilan).
