Evropa ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
21 MAY, 2026, 05:48
«Aston Villa» yarim himoyachisi Emiliano Buendiya «Frayburg»ga qarshi kechgan Evropa ligasi finalining (3:0) eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 29 yoshli argentinalik o'yinchi maydonda 81 daqiqa harakat qildi va o'z hisobiga bitta gol hamda bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
«Bu Emiliano tomonidan ko'rsatilgan yuqori sifatli o'yin bo'ldi. U chiziqlar oralig'ida juda yaxshi harakat qildi, aniq uzatmalarni amalga oshirdi va jamoaning hujumkor o'yinini boshqarib bordi. U barchasini ajoyib gol va golli uzatma bilan yakunladi», — deya ta'kidladi UEFA texnik kuzatuvchilari guruhi.
«Aston Villa» o'z tarixida ilk bor Evropa ligasida g'olib chiqdi. Bu ingliz klubi uchun 1982 yildan beri ilk yirik evrokubok finali edi. O'shanda jamoa Evropa chempionlar kubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan edi.
