logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Aston Villa" "Frayburg"ni yirik hisobda mag'lub etib, Evropa ligasi g'olibiga aylandi (Videosharh)

 21 MAY, 2026, 05:36

"Aston Villa" Evropa ligasi 2025/26 yilgi mavsumining finalida "Frayburg"ni mag'lub etdi — 3:0. Uchrashuv Istanbuldagi "Tyuprash" stadionida bo'lib o'tdi.

Birinchi bo'limda Yuri Tilemans va Emiliano Buendiya gol urishdi. Ikkinchi bo'limda esa yagona golga Morgan Rodjers mualliflik qildi. Buendiya va Rodjers hisobida bittadan golli uzatma ham mavjud.

"Aston Villa" o'z tarixida ilk bor Evropa ligasida g'olib chiqdi. Jamoa uchun bu 1982 yildan beri ilk yirik evrokubok finali edi. O'shanda klub Evropa chempionlar kubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan.

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri beshinchi bor Evropa ligasida zafar quchdi. Bundan avval u ushbu turnirda "Sevilya" (uch marta) va "Vilyarreal" (bir marta) bilan g'alaba qozongan edi. Emeri uchun bu faoliyatidagi umumiy hisobda oltinchi Evropa ligasi finali bo'ldi.

Ushbu mavsumga qadar "Frayburg"ning turnirdagi eng yaxshi natijasi 2022/23 va 2023/24 yilgi mavsumlarda 1/8 finalga chiqish bo'lgan edi. Shuningdek, jamoa o'z tarixida ilk bor Evropa klublar o'rtasidagi turnir finalida ishtirok etdi.

«FRAYBURG» — «ASTON VILLA» — 0:3
Gollar: Yuri Tilemans 41 (0:1), Emiliano Buendiya 45+3 (0:2), Morgan Rodjers 58 (0:3).
«Frayburg»: Atubolu, Linxart (Rozenfelder, 61), Ginter, Troy, Kyubler (Makengo, 73), Eggeshtayn, Xefler (Xeler, 61), Manzambi, Grifo (Sherxant, 73), Beste (Gyunter, 86), Matanovich.
«Aston Villa»: Martines, Konsa, Pau Torres (Mings, 88), Din (Matsen, 81), Kesh, Lindelef (Onana, 66), Tilemans (Duglas Luis, 88), Rodjers, Buendiya (Sancho, 81), Makginn, Uotkins.
Ogohlantirishlar: Troy (5) — Buendiya (15), Kesh (21), Makginn (84).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ