Super Chess Classic. Sindarov Karuana bilan durang o'ynadi
20 MAY, 2026, 23:36
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida shaxmat bo'yicha Grand Chess Tour 2026 turkumiga kiruvchi xalqaro turnirning ikkinchi bosqichi — Super Chess Classic musobaqasida 6-tur uchrashuvlari yakunlandi.
O'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib bordi. Bellashuv 34-yurishda durang natija bilan o'z nihoyasiga etdi.
6-turdan so'ng Javohir 2,5 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. 7-turda Sindarov musobaqa peshqadami (4,5 ochko) Vinsent Keymerga qarshi oq donalarda o'yin o'tkazadi.

