logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Muhammad Saloh «Enfild» bilan xayrlashuv suratini e'lon qildi

 20 MAY, 2026, 22:36

Muhammad Saloh o'zining X ijtimoiy tarmog'ida "Enfild" stadionidan tushirilgan suratni joyladi. Misrlik futbolchi 24 may kuni "Liverpul" safida o'zining uy maydonidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazishi mumkin.

Avvalroq Muhammad Saloh oyog'ining orqa qismi mushagidan jarohat olgani xabar qilingan edi. Shu sababli u "Brentford"ga qarshi bahsda ishtirok etmasligi ham mumkin.

Saloh "Liverpul" safida 2017 yildan beri to'p tepib kelmoqda. Shu vaqt davomida 33 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 440 ta uchrashuvda qatnashib, 257 ta gol va 122 ta golli uzatma muallifi bo'lgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ