logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xabi Alonso sobiq shogirdini Londonga taklif qilmoqda

 20 MAY, 2026, 22:06

"Bayer" himoyachisi Edmond Tapsoba faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Jurnalist Grem Beylining ma'lumotlariga ko'ra, "Chelsi" futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.

"Ko'klar"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso ushbu o'yinchini o'z jamoasida ko'rishni istamoqda. Tapsoba avvalroq "Bayer"da ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida to'p surgan. U "Chelsi"ning yangi himoya chizig'ida asosiy figuraga aylanishi mumkin.

Edmond Tapsoba 2020 yilda "Vitoriya Gimaraesh"dan "Bayer"ga 20 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi "dorishunoslar" safida barcha turnirlarda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ