logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Antuan Semeno Gana va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi tanlov haqida fikr bildirdi

 20 MAY, 2026, 21:06

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Antuan Semeno milliy jamoa tanlovi haqida gapirdi.

«Onam va dadam haqiqiy ganaliklar. Ular hech qachon Angliya haqida gapirishmagan. Albatta, Angliyada yashaganingizda doim: “Sen Angliya uchun o'ynashing kerak”, degan gaplarni eshitasiz. Lekin men bu haqda hech qachon jiddiy o'ylamaganman. Gana terma jamoasi men bilan 19-20 yoshimda bog'langan, shuning uchun rad etish niyatim bo'lmagan.

Menimcha, Gananing jahon chempionatidagi o'yinlarini tomosha qilish o'ziga xos his edi. Onam, dadam, amakilarim, xolalarim, amavachchalarim va boshqa qarindoshlarim — hammasi bir uyga yig'ilib, uchrashuvlarni birga ko'rardik, bayram qilardik, baqirardik, hissiyotlarga to'lib ketardik. Bularning barchasi juda o'ziga xos», — dedi Antuan Semeno FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ