Emiliano Martines: «Aston Villa»dagi hozirgi vaziyat xuddi Argentina terma jamoasidagi debyutim kabidir»
20 MAY, 2026, 19:06
«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines «Frayburg»ga qarshi bo'lib o'tadigan Evropa ligasi finali oldidan jamoadagi hozirgi vaziyat u Argentina terma jamoasi bilan ilk bor yirik turnirda qatnashgan paytdagi bilan bir xil ekanligini ta'kidladi.
«Amerika kubogiga ilk bor borishimdan oldin Argentina terma jamoasining birorta ham g'alabasini (sovrin yutganini) ko'rmagan edim. O'shanda men 26 yoki 27 yoshda edim. Hozir ham xuddi shunday manzara kuzatilmoqda — Birmingemda «Aston Villa» muxlislari tinmay jamoani hech qachon evrokubok finalida yoki evrokubok sovrini bilan ko'rishmaganini gapirishmoqda. Hozir menda xuddi o'sha paytdagi Amerika kubogi oldidan bo'lgan kayfiyat hukmron: sportcha g'ayrat (g'azab), umid va o'z kuchimga bo'lgan ishonch. O'zimga va jamoamga ishonaman. Hech qachon «o'yinda albatta g'alaba qozonishim shart» degan fikr bilan maydonga tushmayman. Doimo lahzalardan zavqlanaman, insonlar va oilam uchun harakat qilaman», — deya UEFA rasmiy sayti Martinesning so'zlaridan iqtibos keltiradi.
