logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Stouns «Manchester Siti»dagi 10 yillik faoliyati haqida gapirdi

 20 MAY, 2026, 18:06

Aprel oyining oxirida «Manchester Siti» markaziy himoyachi Jon Stouns joriy mavsum yakunida jamoani tark etishini rasman e'lon qilgan edi. Futbolchining o'zi «shaharliklar» libosidagi so'nggi o'yini oldidan o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.

«Futbolda klublarni o'zgartirish — sportning bir qismi, biroq bu erda o'tkazgan o'n yilim davomida men haqiqiy do'stlar orttirdim. Meni taniydigan insonlar bu klubni qanchalik yaxshi ko'rganimni va hali ham yaxshi ko'rishimni tushunishadi. «Villa»ga qarshi o'yinda men xayrlashmayman, bu shunchaki: «Tezda ko'rishguncha», degani bo'ladi», — deya himoyachining so'zlaridan iqtibos keltiradi The National News nashri.

Stouns ingliz klubi safiga 2016 yilda «Everton»dan o'tgan edi. «Manchester Siti» tarkibida 31 yoshli himoyachi 294 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 19 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan. Seshanba kuni Stouns jamoasi safarda «Bornmut»ni mag'lub eta olmadi (1:1) va bu natija «Arsenal»ning muddatidan oldin Angliya Premer-ligasi chempioniga aylanishini ta'minladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ