logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ueyn Runi: «Gvardiola ketganidan keyin «Manchester Siti»ning avvalgidek muvaffaqiyat qozonishiga hech qanday imkoniyat yo'q»

 20 MAY, 2026, 18:00

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti» bosh murabbiyligidan ehtimoliy ketishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Gvardiola ketganidan keyin «Manchester Siti»ning avvalgidek muvaffaqiyatli bo'lishiga hech qanday imkoniyat yo'q. Menimcha, «Manchester Siti» duch keladigan muammo — xuddi ser Aleks Fergyuson ketganidan keyin «Manchester Yunayted»da kuzatilgan holat kabi bo'ladi. Hatto Unai Emeri «Arsenal»ga kelganida, Arsen Vengerning o'rnini bosish unga qanchalik qiyin bo'lganini ko'rdingiz. Bu erda gap faqat Gvardiolaning o'rniga boshqa murabbiy topishda emas, balki u ega bo'lgan nufuz, ta'sir kuchi va futbolchilarni jamoaga jalb qila olish jozibasida», — dedi Runi Metro nashriga bergan intervyusida.

Xosep Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 20 ta sovrinni qo'lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ